Назад

Bronzadan ishlangan bug‘u haykalchasi

Sak-skif madaniyati. Eramizdan avval I mingyillik. Bronza, kumush, qo‘rg‘oshin, qalay, temir

Bronzadan ishlangan ushbu bug‘u haykalchasi eramizdan avvalgi birinchi mingyillikka mansub bo‘lib, uzoq muddat Buyuk Britaniyada shaxsiy kolleksiyalarning birida saqlangan. Bug‘uning shoxlari yuqoriga qarab yarimoysimon shaklda o‘sib borgan, quloqlariga qo‘sh halqa taqilgan, ikkita old va ikkita orqa oyoqlari biriktirilgan holda ishlangan. Ushbu haykalcha tarkibida kumush, qo‘rg‘oshin, qalay, temir singari turli ma’danlar mavjudligi aniqlangan.

Ekspertiza tekshiruvlari mazkur topilmaning kimyoviy tarkibi, uslubi va bezaklari  haqiqatan ham eramizdan avvalgi II–I asrlarga tegishli ekanini tasdiqlaydi. Mazkur tarixiy buyum bundan 2500–3000 yil avval yaratilgan bo‘lib, shu paytga qadar ko‘plab G‘arb olimlarining e’tiborini tortib kelgan. Jumladan,  angliyalik olim, Kristis auksion uyining artefaktlar bo‘yicha xalkaro direktori Maks Bernxaymer   ushbu san’at namunasi sak-skif madaniyatining yorqin namunasi ekanini ta’kidlab, unda ishlatilgan metallar O‘zbekistonning Nurota tog‘laridan qazib olingan bo‘lishi mumkin, deya xulosa bergan. Chunki Nurota tog‘lari etaklaridagi Sarmishsoy darasidan topilgan qoyatosh suratlarida ham aynan mana shunday bug‘ularning tasviri uchraydi.